AsosiyJamiyat

Abdulaziz Komilov Afg`onistonga boradi

'Abdulaziz Komilov Afg`onistonga boradi'ning rasmi

2021 yilning 23 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg`oniston Islom Respublikasiga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, bo`lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog`ida O`zbekiston-Afg`oniston munosabatlarining hozirgi holati va kelgusida rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Mintaqalararo savdo aylanmasini oshirish, Markaziy va Janubiy Osiyoni bog`laydigan qo`shma transport-kommunikasiya loyihalarini amalga oshirishning yangi imkoniyatlari bo`yicha fikr almashiladi.

    Boshqa yangiliklar