AsosiyJamiyat

Xorazmda bir oilaning 5 a`zosi is gazidan zaharlandi. Er-xotin va bir farzand vafot etdi

'Xorazmda bir oilaning 5 a`zosi is gazidan zaharlandi. Er-xotin va bir farzand vafot etdi'ning rasmi

Joriy yil 20 fevral kuni soat 17:40 larda Xorazm viloyatining Shovot tumani, Shovot mahallasida joylashgan “Ortiq ota” nomli choyxonada, egasi fuqaro K.O., uning turmush o`rtog`i I.S., hamda farzandlari Z.O., O.O., va X.O.,lar  choyxonaning oshxonasida joylashgan gaz o`chog`idan gaz sizib chiqishi natijasida is gazidan zaharlanganlar. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada K.O., turmush o`rtog`i I.S., va farzandi X.O., hodisa joyida vafot etishgan, ikki nafar farzandi Z.O., va O.O.,lar kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

"Alohida qayd etish kerakki, bu borada befarq bo`lmaslik, xavfsizlik qoidalariga to`liq rioya etishlik haqida ko`plab tushuntirishlar, xabarlar va ma`lumotlar tarqatilgan va bu ishlar davom ettirilmoqda.  

Pandemiya sharoitida odamlardan barcha holatlarda o`z turmushiga, hayot tarziga e`tiborliroq bo`lishi, o`z xavfsizligi barobarida boshqalarning ham osoyishtaligini o`ylash lozimligi ko`p bora ta`kidlanib kelinyapti.

Achinarlisi, odamlar o`z befarqligi tufayli yaqinlarining qurbon bo`lishiga sabab bo`lmoqda", deya ogohlantiroqda Bosh prokuratura.

    Boshqa yangiliklar