Qiziltepa tumani hududidan o`tuvchi M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo`lining 192 kilometrida “Navoiy-Buxoro” yo`nalishida haydovchi D.B. “Kobalt” rusumli avtomashinani boshqarib, o`zi bilan bir yo`nalishda harakatlanib kelayotgan “Mersedes-Bens” rusumli yuk avtoulovining chap yon tomoniga borib urilib, yo`l-transport hodisasi sodir etadi. “Kobalt” avtomashinasida qisqa tutashuv natijasida yong`in yuzaga kelib, olov FVB yong`in o`chirish xodimlari tomonidan bartaraf etiladi.
Natijada “Kobalt” avtomashinasi yo`lovchisi 1994 yilda tug`ilgan Qiziltepa tumanida yashovchi M.G`. tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqiziladi.
Mazkur ko`ngilsiz hodisaga “Kobalt” haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanib, mo`ljalni aniq ololmaganligi, quvib o`tish vaqtida oraliq va yonlama masofani saqlamaganligi sabab bo`lgan.