Toshkent viloyatida Farmasevtika texnik universiteti ochiladi.
Ushbu universitet Toshkent viloyati Qibray tumanida «Tashkent Pharma Park» innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasteri doirasida tashkil etiladi.
Universitet dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta`lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlaydi.
Bundan tashqari, klaster o`z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:
- innovasion echimlarni joriy etish orqali farmasevtika sanoatini rivojlantirish;
- ixtisoslashtirilgan ta`lim infratuzilmasini yaratish;
- investisiyalar va ilg`or texnologiyalarni jalb qilish;
- xalqaro standartlarga muvofiq dori vositalari va tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish;
- xorijiy davlatlarning etakchi ta`lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan aloqalarni rivojlantirish.






