Prezident ilk bor Namangandagi "Ishga marhamat" mono-markazida OAV vakillariga yuzma-yuz intervyu berdi. «Maxsus rakurs» mazkur holat tasvirlangan videolavhalarni namoyish qildi.
Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, davlat rahbari islohotlarga to`sqinlik qilayotgan uchta asosiy muammoni aytdi.
Meni qiynayotgan masalalarning birinchisi kadrlar masalasi. Bizga eng katta to`siq bo`layotgan ikkinchi omil esa korrupsiya. Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun ko`plab ishlarni amalga oshiryapmiz. Jumladan, O`zbekistonda birinchi marta Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tuzdik. Shuningdek, davlat idoralari rahbarlarida bilim va saviya, vatanparvarlik hissi etishmaydi. Ularning vazifasi xalqning dardini bilib, ularga nisbatan hayotiy echimni topishga qaratilgan bo`lishi kerak. Buning uchun rahbar o`zini qiynashi kerak, sadoqatli bo`lishi kerak. Xalqiga bo`lgan munosabati zamonga munosib bo`lishi kerak. Ming afsus, mana shunday insonlar oramizda kam topiladi.
Suhbat yakunida jurnalistlar davlat rahbari bilan mana shunday yuzma-yuz muloqotlar ko`p bo`lishini so`rab murojaat qildi. Prezident esa bunga javoban mamnuniyat bilan qarshiligi yo`qligini bildirdi.