AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchilik bo`ladi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab yog`ingarchilik bo`ladi'ning rasmi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmatining xabar berishicha, bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq, shimolda 2°iliq va -3° daraja sovuq atrofida bo‘ladi.

Toshkentda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-10° daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda  yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° iliq va -3° sovuqni tashkil etadi.

 

    Boshqa yangiliklar