O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, 2021 yil 23 fevral kunidan 26 fevral kuniga qadar Respublikamiz hududida havo harorati kechasi 10-15, kunduzi 7-12 daraja sovuq bo`lishi kutilmoqda. Shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga murojaat bilan chiqdi:
"Fuqarolarimizdan ish va yashash joyida elektr uskunalari hamda isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so`raymiz", - deyiladi Vazirlik Axborot xizmati xabarida.






