AsosiyJamiyat

O`zbekistonda noqonuniy boyiganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

'O`zbekistonda noqonuniy boyiganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda'ning rasmi

Bosh prokuratura tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha fuqarolarning takliflari asosida yanada takomillashtirish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.

Loyihani ishlab chiqishda jinoyat qonunchiligi normalarini unifikasiya qilishga, uni yanada liberallashtirishga, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtirishga hamda jinoyatlar uchun sanksiyalarni qilmishlarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasiga qarab muvofiqlashtirishga alohida e`tibor qaratilgan.

Shuningdek, loyihada turlicha sharhlash yoki korrupsiya holatlari sodir etilishiga yo`l qo`yadigan normalarni chiqarib tashlashga qaratilgan o`zgartirishlar nazarda tutilgan. Shuningdek, noqonuniy boyiganlik uchun javobgarlikni belgilovchi alohida modda kiritilgan.

Unga ko`ra, davlat xizmatchisining daromad va mol-mulk deklarasiyasida nazarda tutilganidan ortiq pul mablag`lari yoki mol-mulkka noqonuniy ega bo`lishi yoki shunday mulkni orttirishi ancha miqdorda sodir etilgan bo`lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha jarima yoki uch yilgacha ish haqidan ushlab qolish bilan jazolanadi.

Qayd etilishicha, loyiha ilg`or xorijiy davlatlar tajribasi asosida tayyorlangan.

    Boshqa yangiliklar