AsosiyJamiyat

2000 ga yaqin Hukumat qarorlari o`z kuchini yo`qotdi

'2000 ga yaqin Hukumat qarorlari o`z kuchini yo`qotdi'ning rasmi

Adliya vazirligining takliflari asosida 2020 yilda 500 ga yaqin hujjatlarni bekor qilishni nazarda tutuvchi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi. Shuningdek, kuni kecha 2000 ta Vazirlar Mahkamasining hujjatlarini o`z kuchini yo`qotishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda. 

Mazkur bekor qilingan hujjatlar bugungi kunda o`z ahamiyatini yo`qotgan, bir martalik qoidalarni nazarda tutadigan yoki muayyan muddat davomida amalga oshirishga mo`ljallangan topshiriqlardan iborat hujjatlardir.

O`z ahamiyatini yo`qotgan hujjatlarni bekor qilishning amaliy ahamiyati nimada, ya`ni fuqarolar va tadbirkorlar uchun nima foydasi bor degan o`rinli savol tug`ilishi tabiiy. Qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish yoki boshqa so`z bilan aytganda ularni kamaytirish:

  • birinchidan, fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan aynan qaysi hujjatdan foydalansa, to`g`ri bo`ladi degan savolga echim topiladi;
  • ikkinchidan, huquqiy axborotdan foydalanishda va huquqshunos xizmatlari bilan bog`liq sarf-xarajatlar qisqarishiga xizmat qiladi;
  • uchinchidan, qonunchilikdagi takrorlanishlar va tafovutlarning bartaraf etilishiga olib keladi.

Bir so`z bilan aytganda qonunchilik hujjatlarini qisqartirishdan ko`zlangan asosiy maqsad ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga solish yukini kamaytirish, qonunchilik bazasini harakatsiz va amalda qo`llanilmayotgan hujjatlardan “xalos etish”, pirovardida qonunchilik hujjatlaridan foydalanishda fuqarolar va tadbirkorlarga engillik yaratishdir.

Bugungi kunda Adliya vazirligi tomonidan boshlangan qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish bo`yicha ishlar dastlabki qadamlar bo`lib, ushbu yo`nalishdagi ishlar yana davom ettiriladi. Hozirda vazirlik tomonidan qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirishning ikkinchi bosqichi boshlangan bo`lib, unda qonunchilik hujjatlari sohalar kesimida birlashtiriladi.

    Boshqa yangiliklar