AsosiyJamiyat

Sirdaryoda elektr energiyasi tarmog`iga noqonuniy ulangan 92 ta iste`molchi aniqlandi

'Sirdaryoda elektr energiyasi tarmog`iga noqonuniy ulangan 92 ta iste`molchi aniqlandi'ning rasmi

"Sirdaryo HETK" AJ tomonidan  viloyat hududida yanvar oyi davomida 92 ta iste`molchi elektr energiyasi tarmog`iga noqonuniy ulanib, foydalanayotganligi aniqlandi. Bu haqda "Sirdaryo HETK" AJ matbuot xizmati xabar berdi.  

Ushbu iste`molchilar qayta xisob-kitob qilinganda, 465 ming 113 kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanganligi aniqlangan. Ularga nisbatan 185 mln 209 ming so`m miqdorida jarima qo`llandi.

 

 

    Boshqa yangiliklar