AsosiyJamiyat

Ayrim turdagi jinoyatlar jinoyat qonunchiligidan chiqarilmoqda, ba`zi harakatlar uchun esa ilk bor javobgarlik belgilanmoqda

'Ayrim turdagi jinoyatlar jinoyat qonunchiligidan chiqarilmoqda, ba`zi harakatlar uchun esa ilk bor javobgarlik belgilanmoqda'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Bosh prokuratura tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu loyiha fuqarolarning takliflari asosida yanada takomillashtirish maqsadida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi.

Yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasiga ko`ra, ayrim turdagi jinoyatlar dekriminalizasiya qilinmoqda, ya`ni jinoyat qonunchiligidan chiqarilmoqda:

- raqobatchini obro`sizlantirish;

- raqobat to`g`risidagi qonun hujjatlarini va tabiiy monopoliyalar to`g`risidagi qonun hujjatlarini buzish;

- savdo yoki xizmat ko`rsatish qoidalarini buzish;

- soxta tadbirkorlik;

- jazoni ijro etish muassasasi ma`muriyatining qonuniy talablariga bo`ysunmaslik;

- diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish;

- harbiy yoki muqobil xizmatdan bo`yin tovlash;

- diniy ta`limotdan saboq berish tartibini buzish.

Quyidagilar uchun jinoiy javobgarlik o`rnatilmoqda:

- insonda noqonuniy tajriba o`tkazish;

- g`ayriqonuniy ravishda psixiatriya muassasasiga joylashtirish;

 - o`zboshimchalik bilan jazolash;

- mitinglar, yig`ilishlar yoki namoyishlar tashkil etish, o`tkazishga yoki ularda ishtirok etishga g`ayriqonuniy qarshilik qilish;

- shantaj;

- insayderlik ma`lumotlari bo`yicha g`ayriqonuniy harakatlarni amalga oshirish;

- nodavlat tijorat tashkiloti yoki boshqa nodavlat tashkiloti mansabdor shaxsining mansab soxtakorligi;

- ota yoki onaning o`z chaqalog`ini sotishi;

- jurnalistning qonuniy faoliyatiga to`sqinlik qilish.

Mavzuga doir:

O`zbekistonda noqonuniy boyiganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

    Boshqa yangiliklar