AsosiyJamiyat

Oltinko`lda Damas "Farg`ona kanali"ga tushib ketdi

'Oltinko`lda Damas "Farg`ona kanali"ga tushib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 22 fevral kuni soat 14:20larda, Andijon viloyati, Oltinko`l tumani, "Chaqqon 2" MFY hududidan o`tgan ichki yo`lda, haydovchi 1994 yilda tug`ilgan Z.A. "Damas" rusumli avtomobilni boshqarayotib, ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo`qotgan va transport vositasi yo`ldan chiqib ketib, "Farg`ona kanali"ga tushib ketgan.Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Ko`rilgan choralar natijasida avtomobil kanaldan olib chiqilgan. Mazkur hodisa yuzasidan Oltinko`l tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yo`llarda ehtiyotkor bo`lishlarini, belgilangan qoidalarga amal qilgan holda harakatlanishlarini so`raymiz.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar