2021 yilning 23 fevral kuni amaliy tashrif bilan Qobul shahriga kelgan O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani tomonidan qabul qilindi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Vazir O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`aniga yo`llagan maktubini topshirgan.
Suhbat davomida O`zbekiston-Afg`oniston ko`p qirrali munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilingan. Ikki tomonlama hamkorlikning joriy yuqori darajasi mamnuniyat bilan qayd etildi va barcha sohalarda o`zaro manfaatli yaqin aloqalarni yanada chuqurlashtirishga o`zaro sodiq ekanliklari ta`kidlangan.
Prezident Ashraf G`ani birodar Afg`oniston xalqi nomidan Afg`oniston zaminida tinchlik va barqarorlikni ta`minlash, mamlakat iqtisodiyotini tiklashda har tomonlama qo`llab-quvvatlayotgani uchun O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevga samimiy minnatdorlik izhor etgan.
Afg`onlararo siyosiy muzokaralarning uzoq muddatli tinchlik o`rnatish va mamlakatda xavfsizlikni ta`minlashdagi muhim o`rni qayd etildi. Muzokaralarda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.