AsosiyJamiyat

Qars ikki qo`ldan: endi navbat sudyalar va sud xodimlariga...

'Qars ikki qo`ldan: endi navbat sudyalar va sud xodimlariga...'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi (AOKA) bilan hamkorlikda jurnalist va blogerlar uchun ikki haftalik maxsus o`quv kursi tashkil etganidan xabaringiz bor. O`shandayoq o`quv-kurslari ikki qismdan iborat bo`lishi ma`lum qilingandi. 

Birinchi bosqichda huquqiy mavzuga ixtisoslashgan jurnalist va blogerlarning kasbiy malakasini oshirishga ko`maklashish, xususan, sud prosesslarini yoritishning o`ziga xos jihatlari  haqida fikr almashildi, bahs-munozara qilindi. O`quv-kurslari yakunida ishtirokchilarga “Sud va ommaviy axborot vositalari o`rtasida konstruktiv muloqot” qo`llanma va sertifikatlar taqdim  etilgandi.

Mana, navbat sudya va sud xodimlariga keldi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, kecha, 22 fevral sanasidan boshlab “Sud va ommaviy axborot vositalari o`rtasidagi konstruktiv muloqot” mavzuidagi o`quv kurslarining ikkinchi bosqichi boshlandi.

Bir haftaga mo`ljallangan o`quv-kurslarida sudyalar hamda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning jamoatchilik bilan aloqalar bo`yicha bosh konsultantlari ishtirok etyapti. Ilk mashg`ulotda asosan Oliy sud Plenumining Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta`minlash to`g`risida”giqarori mazmun-mohiyati xususida so`z bordi. 

O`quv-kurslari davomida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash samaradorligini oshirishda matbuot xizmatlarining o`rni va roli, sud prosesslarida muloqot psixologiyasi , axborot berishning huquqiy asoslari va jurnalistlar bilan muloqotning asosiy qoidalari mavzularida so`z yuritaladi. O`quv-mashg`ulotlari bevosita va bilvosita (onlayn) shaklida bo`lib o`tmoqda.

    Boshqa yangiliklar