AsosiyJamiyat

O`zbekiston vaksinasiya va immunizasiya bo`yicha qaysi tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda?

'O`zbekiston vaksinasiya va immunizasiya bo`yicha qaysi tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda?'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi O`zbekiston vaksinasiya va immunizasiya bo`yicha qaysi tashkilotlar bilan hamkorlik o`rnatgani haqida ma`lumot berdi.

O`zbekistonda immunizasiya va vaksinasiya tadbirlari kecha yoki bugun boshlangan emas. Bu borada mamlakatamizda bir necha yillik tajriba shakllangan. Bu jarayonlar  emlash va immunizasiya bo`yicha xalqaro tuzilma — GAVIning maxsus loyihalari doirasida, shuningdek,  YuNISEF va JSST tashkilotlari ko`magida amalga oshirib kelinmoqda. Shu tariqa 2017 yildan 2021 yilgacha bo`lgan muddatda 17,2 mln AQSh dollari miqdorida mablag` ajratilgan.  

Ushbu mablag`lar yurtimizda vaksinalarni sifatli saqlash uchun zarur bo`ladigan sovuqlik zanjiri tizimini yaratish, uni mustahkamlash, modernizasiya qilish, xodimlar salohiyatini oshirish, boshqaruvni yaxshilash va immunizasiya tizimida vaksinalar logistikasini yo`lga qo`yish, uning xavfsizligini ta`minlash ustidan axborot-kommunikasiya texnologiyalarini jalb qilish orqali sifat, miqdor, qoldiq va ehtiyojning qondirilish darajasi ustidan monitoring olib borish maqsadlariga qaratilgan.  

YuNISEF bolalar jamg`armasi tomonidan o`tgan yillar davomida jami 21 ta vaksina saqlash omborlari, jumladan, 1 ta milliy, 14 ta mintaqaviy va 6 ta tuman omborlari qurilishi qo`llab-quvvatlandi.  

    Boshqa yangiliklar