AsosiyJamiyat

Milliy palata va JICA hududlarda Yaponiya tajribasiga asoslangan shifoxonalar tashkil etish masalasini muhokama qildi

'Milliy palata va JICA hududlarda Yaponiya tajribasiga asoslangan shifoxonalar tashkil etish masalasini muhokama qildi'ning rasmi

O`zbekiston Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi va JICA  (Yaponiya)ning yurtimizdagi Vakilligi o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuvi davomida hamkorlikning yaponcha raqamli tibbiyot, Kun chiqar mamlakati davolash tajribasiga asoslangan shifoxonalar kabi va boshqa yo`nalishlari muhokama etildi. Bu haqda Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

O`zining raqamli, jumladan tibbiyotdagi loyihalari bilan mashhur Yaponiya ushbu yo`nalishning O`zbekistonda ham tezroq rivojlanishi uchun ko`p narsa qila olishi mumkin, — deb ta`kidladi 2021 yil 19 fevralda Toshkentda bo`lib o`tgan muzokaralarda Milliy palata raisi Rovshan Izamov. Bu tayyor Yaponiya ishlanmalaridan tortib o`zining samaradorligini isbotlagan softlarga asoslangan hamkorlikdagi ishlargacha bo`lgan har xil shakldagi qo`shma loyihalar bo`lishi mumkin. 

Ikki mamlakatning yana boshqa umumiy tendensiyalari sifatida tashhislash va davolashda «ishonchli tibbiyot»ning rolini oshirish xizmat qilishi mumkin. Bunga klinik protokollar asos bolib, ularni O`zbekistonda ishlab chiqish Innovasion sogliqni saqlash milliy palatasi va Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan birgalikda amalga oshirilmoqda. Ishonchli tibbiyot asosidagi klinik protokollar bemorlarning tashhislanish va davolanishini poytaxtda va mamlakatning har qaysi boshqa hududida unifikasiyalash, ularni eng yaxshi jahon amaliyotiga yaqinlashtirish, va nihoyat, polipragmaziyasini, ya`ni ko`p miqdorda dori vositalarni belgilash tendensiyasini pasaytirish imkonini beradi. Ushbu tendensiyadan o`zining darajasi bilan tanilgan mamlakatlar tibbiyoti ham voz kechyapti.   

«Sog`liqni saqlash tizimi mamlakatning asosiy tarmoqlaridan biri sanaladi. Va albatta, bemorlarni tashhislash va davolash ishonchli tibbiyotga asoslangan bo`lishi kerak», — deb ta`kidladi Yaponiyaning xalqaro hamkorlik Agentligi (JICA) rahbari Suguru Miyadzaki. 

Tomonlar O`zbekiston hududlarida tibbiy xizmat darajasini oshirishga bo`lgan doimiy e`tibor masalasiga yondashuv bir xilligini ta`kidladi. Ushbu masalada nafaqat tezkor ishlanmalar, zamonaviy klinik protokollarning joriy etilishi roli, shuningdek Orolbo`yi, Xorazm viloyati kabi noqulay ekologik sharoitdagi hududlarda zamonaviy laboratoriyalar shakllantirish, O`zbekiston viloyatlarida Yaponiya tajribasiga asoslangan tibbiy klinikalar ochish uchun investisiyalar jalb etish kerakligiga e`tibor qaratdi.

Shuningdek, muzokaralar davomida chekka hududlardagi aholi yashash punktlarida mobil tibbiy klinikalar tarmog`ini yaratish orqali zamonaviy tashhislash va aholiga yuqori texnologik yordam ko`rsatish uchun sharoitlar yaratish muhimligi ta`kidlandi.      

Undan tashqari, JICA Yaponiyaning xalqaro hamkorlik Agentligi sifatida ko`p yillar davomida O`zbekistonning hududiy tibbiy muassasalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlashga ko`maklashib kelyapti. Jumladan, bu Yaponiya hukumati tomonidan bepul ko`mak dasturi doirasida ham amalga oshirilyapti. Bu borada R.Izamov ta`kidlaganidek, Milliy palata, Yaponiyada ishlab chiqarilgan tibbiy texnikaning yuqori funksionalligini inobatga olgan holda, mazkur uskunaning ishchi holatida saqlanishi, shuningdek, undan to`laqonli foydalanish bo`yicha treninglar o`tkazish muhimligini yaxshi tushunadi. Bu borada hamkorlik qilish imkoniyatlari ham mavjud. Albatta, mamlakatning har bir viloyatida Innovasion sog`liqni saqlash milliy palatasining bo`linmalari mavjudligini inobatga olgan holda. 

Muzokaralar davomida tomonlar mazkur masalani muhokama etdi, xamda hamkorlikning samaradorligi yuzasidan boshqa fikrlar xam taklif etdi. O`zbekiston aholisiga ko`rsatiladigan tibbiy xizmat darajasini oshirishi, mamlakat viloyatlari sog`liqni saqlash tizimiga yangicha sifat berishi mumkin bo`lgan bir qator takliflarning batafsil o`rganilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar