AsosiyJamiyat

Farg`onada IIB xodimiga jinoyatini engillatib berish uchun ikki million so`m pora taklif qilgan fuqaro qo`lga tushdi

'Farg`onada IIB xodimiga jinoyatini engillatib berish uchun ikki million so`m pora taklif qilgan fuqaro qo`lga tushdi'ning rasmi

Joriy yilning 22 fevral kuni fuqaro X.Sh. Rishton tumani IIB boshlig`i o`rinbosari M.U.ga murojaat qilib, o`ziga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha engillik qilib berish evaziga 2.000.000 so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Fuqaro X.Sh.ga Rishton tumani IIB boshlig`i o`rinbosari tomonidan huquq va majburiyatlari tushuntirilib, harakatida pora berish jinoyati borligi va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir necha marotaba ogohlantirilib, jinoyatdan qaytarishga harakat qilinishiga qaramasdan, yonida bo`lgan 1.000.000 so`m miqdoridagi pullarni berishligini, qolgan qismini ish yakuni bo`yicha berishligini aytib, pora taklif qilishda davom etgan.

Mazkur holat yuzasidan, O`zbekiston Respublikasi IIV O`XB Farg`ona viloyati bo`yicha bo`limi hamda Rishton tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro X.Sh. Rishton tumani IIB boshlig`i o`rinbosari M.U.ning xizmat xonasida kelishilgan pullardan 1.000.000 so`m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, Rishton tumani prokuraturasiga yuborildi.

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati

    Boshqa yangiliklar