Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga tashrif buyurgan jurnalistlarga bosh boshqarma boshlig`i, general-mayor Aziz Toshpo`latov kutib ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, o`tgan yili Toshkent shahridagi 169 mahallada bironta ham jinoyat sodir etilmagan. 72 mahallada esa aksincha, jinoyatlar soni oshgan.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i Chilonzor va Uchtepa tumaniga sektor rahbari sifatida biriktirilgan. Bundan tashqari, poytaxt tumanlaridagi 3-sektorlar faoliyati ham nazoratda.
Aziz Toshpo`latovning aytishicha, har ikki tumanda ham aholi turmushini yaxshilash borasida qiladigan ishlar ko`p. birgina misol, Chilonzor tumanidagi “Dilobod” mahallasida obodonlik ishlari orqada ekan. Bu mahalladan bir kunning o`zida 82 mashina axlat olib chiqib ketilgan. Ish o`rinlari yaratish ham dolzarb masala bo`lib turibdi.
Jurnalistlar Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasiga tegishli texnikalar bilan ham tanishdi, shon-sharaf muzeyini tomosha qildi.
Jurnalistlar “Markaziy ippodrom” AJda ham bo`lib, bu erda tayyorlanayotgan xizmat otlari bilan ham tanishdi.






