AsosiyJamiyat

Rishton tumanida “Malibu” urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi

'Rishton tumanida “Malibu” urib ketgan velosipedchi voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

22 fevral kuni fuqaro H.A. “Malibu” rusumli avtomashinasini Rishton tumani To`qimachilar ko`chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o`tayotgan O`.M.ni urib yuborishi oqibatida,  O`.M. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko`ngilsiz holatlar sodir bo`lishi mumkinligini unutmaslikni so`raydi. 

                  
 

    Boshqa yangiliklar