AsosiyJamiyat

"Sardoba" suv ombori toshqinidan foyda ko`rmoqchi bo`lgan firibgarga sud hukmi o`qildi

'"Sardoba" suv ombori toshqinidan foyda ko`rmoqchi bo`lgan firibgarga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Hammamizga ma`lumki 2020 yil 1 may kuni Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi natijasida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari jiddiy zarar ko`rdi.

Xabaringiz bor qiyin vaziyatda qolgan sirdarayoliklarga xalqimiz, deyarli har bir xonadon ahlining insonparvarlik yordamlari berildi.

Biroq xalqimiz tomonidan berilgan yordamlarni aziyat chekkan fuqarolarga teng taqsimlab tarqatish lozim bo`lgan bir vaziyatda, ayrim qo`shtirnoq ichidagi fuqarolar yordam tariqasida kelgan mahsulotlarni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, daromad olishdek past niyatlarini amalga oshirishni istadi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Sardoba tuman sudi raisi J.Turdimuradov, Sirdaryo viloyat sudi sudyasi O.Mannatovning xabariga ko`ra, shunday shaxslardan biri muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlanib jazo o`tayotgan M.P. aldash, ishonchni suiiste`molqilish yo`li bilan daromad orttirish maqsadida, go`yoki Sardoba tumanidagi maktablarga evakuvasiya qilingan fuqarolarga yordam berish uchun ko`ngilli sifatida qo`shilib, 2020 yil iyul oyida evakuasiya qilingan aholini nooziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash bahonasi bilan o`zini Sardoba tumani Qizil yarim oy jamiyati birinchi o`rinbosari sifatida tanishtirib, ushbu jamiyat nomidan soxta talabnoma to`ldirib, mahsulotlar saqlanadigan omborga taqdim qilib, u erdan 15 turdagi 15.154.000 so`mlik mahsulotlarni olib, bir necha fuqarolarga sotib yuborgan.

O`tkazilgan tadbirlar davomida M.P. huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ushlanib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi va 228-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zgatilgan.

Mazkur jinoyat ishi sud tomonidan ko`rib chiqilib, ushbu shaxs yuqoridagi moddalar bilan aybdor deb topib, uch yarim yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

    Boshqa yangiliklar