AsosiyJamiyat

Ikki va undan ortiq farzandlari kontraktda o`qiyotgan oilalarga imtiyozli ta`lim krediti berilishi mumkin

'Ikki va undan ortiq farzandlari kontraktda o`qiyotgan oilalarga imtiyozli ta`lim krediti berilishi mumkin'ning rasmi

Hukumatning shu haqdagi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko`ra, ta`lim kreditlari respublikada faoliyat ko`rsatayotgan barcha oliy ta`lim muassasalari — davlat, nodavlat, qo`shma ta`lim dasturlari va xorijiy davlatlar oliy ta`lim muassasalari filiallarida to`lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan O`zbekiston fuqarolariga, ularning ota-onalari yoki vasiylariga beriladi.

Kredit foizlarini kredit ajratilgandan so`ng keyingi oyning 1 sanasidan boshlab oyma-oy to`lash, asosiy qarzni esa talabaning o`qishi rasman tugagach, uch oy o`tgandan keyin to`lash nazarda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar