AsosiyJamiyat

O`rtachirchiqda klasterdan oylik maoshlarini ololmagan paxta tozalash zavodi ishchilariga ish haqlari to`lab berildi

'O`rtachirchiqda klasterdan oylik maoshlarini ololmagan paxta tozalash zavodi ishchilariga ish haqlari to`lab berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Klaster O`rtachirchiqda ikki oylik maoshini ololmagan paxta tozalash zavodi ishchilari ish tashladi» sarlavhasi bilan xabarlar tarqaldi. 

Ma`lum qilinishicha, ushbu xabar yuzasidan Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganish olib borilgan.

O`rganish davomida, haqiqatdan ham O`rtachirchiq tumanida joylashgan “Real agro cotton” unitar korxonasida dekabr-yanvar oylari uchun har bir xodimning ish haqidan 1.316 ming so`m miqdorida qarzdorlik mavjudligi aniqlandi. Mazkur ish haqlari belgilangan muddatlarda to`lanmaganligi yuzasidan MJtKning 49 moddasi 1-qismiga muvofiq korxona rahbari va bosh hisobchisiga nisbatan ma`muriy jarima tayinlandi.

Shu bilan birga, joriy yilning 18-19 fevral kunlari “Real agro cotton” unitar korxonasi tomonidan ishchi xodimlarning oylik ish haqlari to`liq to`lab berildi.

    Boshqa yangiliklar