“2022 yilda Samarqand shahrida o`tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko`rish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident farmoyishi (F–5636-son, 23.02.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga muvofiq, 2022 yilda Samarqand shahrida o`tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha Respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi hamda Sammit tadbirlarini o`tkazish bo`yicha bosqichli ish rejasi tasdiqlandi.
“www.sco-summit2022.uz” veb-sayti faoliyati yo`lga qo`yilib, o`tkazilgan tadbirlar bo`yicha O`zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligiga oid tegishli ma`lumotlar bilan to`ldirib boriladi.






