AsosiyJamiyat

Farg`onada dordan yiqilgan darbozning ahvoli haqida ma`lumot berildi

'Farg`onada dordan yiqilgan darbozning ahvoli haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Farg`onada dordan yiqilgan dorboz vafot etgani haqidagi xabarlar asossiz. Vaziyat yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi ma`lumot berdi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Farg`onadagi sirkda arqon uzilib ketishi oqibatida dorboz boshi bilan erga tushgani va vafot etgani  haqidagi xabar tarqaldi.

SSV Matbuot xizmati vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida viloyat Sog`liqni saqlash boshqarmasi bilan bog`landi. Ma`lum bo`lishicha, haqiqatan ham shu yilning 23 fevral kuni saot 19:25 ga yaqin dorbozlik bilan shug`ullanuvchi E. ismli fuqaro dordan yiqilishi natijasida jarohatlanib, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Farg`ona filialiga olib kelingan.

Markaz mutaxassislari uni zudlik bilan tibbiy ko`rikdan o`tkazishgan. Bemorga “O`ng peshona va burun bo`shlig`i suyaklarining parchalanib  sinishi. Bosh miya lat eyishining og`ir darajasi. Bosh miya o`ng yarim shari peshona bo`lagi epidural gematomasi. Subaroxnaidal qon quyilishi. Pnevmosefaliya. Bosh yumshoq to`qimalari lat eyishi va teriosti gematomasi” tashxisi qo`yilgan va bemorda zudlik bilan jarrohlik amaliyoti o`tkazilgan.  

Markaz mutasaddilarining ma`lum qilishicha, bemorning ahvoli barqaror bo`lib, hozirda neyroreanimasiya bo`limida malakali mutaxassislar nazoratida belgilangan standartlar bo`yicha davo muolajalarini olmoqda.  

    Boshqa yangiliklar