AsosiyJamiyat

«Qamchiq»da yuk mashinalari harakati to`xtatildi

'«Qamchiq»da yuk mashinalari harakati to`xtatildi'ning rasmi

Havo haroratining keskin pasayishi va kuchli qor yog`ishi natijasida yo`llarda muzlamalar hosil bo`lmoqda.  Shu munosabat bilan FVV va IIV YHXBB «Qamchiq» dovoni yuk mashinalari uchun yopilganini ma`lum qildi.

Dovonda ayni payt havo harorati -12 gradusni tashkil etmoqda. Hozircha engil avtomobillar harakatlanayapti. Qor yog`ishi kuchayib, yo`llarda harakatlanish xavf tug`dira boshlasa, «Qamchiq» to`liq yopilishi ham mumkin.

Videoda «Qamchiq» maxsus-qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasi boshlig`i fuqarolardan zarurat bo`lmasa dovon orqali harakatlanmaslikni so`ramoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 fevral kuni “Taxtaqoracha” dovonida avtotransport vositalarining harakati to‘xtatildi.

    Boshqa yangiliklar