AsosiyJamiyat

Shaharsozlik kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi. Endilikda...

'Shaharsozlik kodeksi yangi tahrirda qabul qilindi. Endilikda...'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi Qonun (O`RQ-676, 22.02.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kodeksga noyob va alohida muhim ob`ektlar”, “reklama va axborot ob`ektlari”, “turar joy ob`ektlari”, “urbanizasiya” va boshqa bir qator asosiy tushunchalar kiritildi.  

Mazkur Kodeksda shaharsozlik faoliyatining asosiy prinsiplari aniq qilib belgilab berildi.

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati va uning shakllari, sub`ektlari haqidagi normalar mustahkamlandi.  

Mazkur sohadagi qarorlarning muhokamasida jamoatchilik nazorati ishtiroki ta`minlanishi belgilandi.

Kodeksga yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zarar o`rni qoplanishining asosiy yo`nalishlarini belgilab beradigan hamda pudrat uchun davlat shartnomasini ishlab chiqish va tuzish tartibi, pudrat ishlari qat`iy shartnoma asosida amalga oshirilishi bo`yicha normalar kiritildi.

 Shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o`tkazishda ekspertlarning huquqlari va javobgarligi aniq ko`rsatib o`tildi.

Endilikda chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar ham shaharsozlik faoliyati sub`ektlari bo`la oladi.  

Mazkur Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran 3 oy o`tgach kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar