AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda 326 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

'Oxirgi sutka davomida dunyoda 326 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 111 million 762 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 479 mingdan ziyod kishi vafot etgan (24.02.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 16:48 holatiga ko`ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 326 531 yangi holati aniqlandi, 8 384 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (25.02.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 9:23 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 112 million 536 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 497 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 27,883 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (11,030 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (10,195 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (4,200 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (4,134 milliondan ortiq).  

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 55 190, Hindistonda 13 742, Braziliyada 26 986, Rossiyada 11 749, Buyuk Britaniyada esa 8 489 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

    Boshqa yangiliklar