“Hududgazta'minot” AJ matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, respublikaning ayrim hududlarida havo harorati kechasi 20-25 darajagacha sovuq bo`lishi sababli, tabiiy gaz iste`moli hajmining keskin ortishi kutilmoqda.
Ushbu munosabat bilan tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha ob`ektlarini uzluksiz ravishda ta`minlashga qaratilishini inobatga olib, gaz etkazib berishda ayrim cheklovlar kiritiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Hududgazta'minot” AJ barcha avtotransport haydovchilardan, o`z avtoulovlariga gaz to`ldirish ishlarini ertalabki 05:00 dan – kechki 15:00 vaqt oralig`ida texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlarini so`ramoqda.






