Muhokama uchun e`lon qilingan Hukumat qarori loyihasiga ko`ra, xalqaro imtihon tizimlari bo`yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to`liq qoplab berilishiga oid tartib joriy etilmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi imtihon xarajatini qoplab beruvchi tashkilot etib belgilanadi.
- 2021 yil 1 maydan boshlab imtihon topshiruvchi:
- ️IELTS – 7 va undan yuqori;
- TOEFL – 95 va undan yuqori;
- GMAT – Imtihon natijalari (Verbal/Quantative) bo`yicha 75 percentile va undan yuqori;
- GRE – Imtihon natijalari (Verbal/Quantative)
bo`yicha 75 percentile va undan yuqori;
- SAT – 1200 va undan yuqori natijani qayd etganda imtihon uchun sarflangan Yoshlar ishlari agentligi mablag`lari hisobidan qoplab beriladi.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvardan boshlab Cambridge Assessment English (CAE, CPE, BEC), Test DAF va boshqa shu kabi Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplanadi.
Kompensasiya to`lab berish bo`yicha arizalar davlat xizmatini ko`rsatish Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro`yxatga olinadi.






