Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar oyida qiymati 40,8 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 63,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan. Bu o`tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 mln. AQSh dollariga ko`p.
2021 yil yanvar oyida hududlar kesimida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:
- Qoraqalpog`iston R. – 2,8 ming tonna
- Andijon – 3,9 ming tonna
- Buxoro – 4,5 ming tonna
- Jizzax – 7,1 ming tonna
- Qashqadaryo – 3,1 ming tonna
- Navoiy – 158,2 tonna
- Namangan – 3,8 ming tonna
- Samarqand – 8,0 ming tonna
- Surxondaryo – 3,5 ming tonna
- Sirdaryo – 4,8 ming tonna
- Toshkent – 10,3 ming tonna
- Farg`ona – 3,7 ming tonna
- Xorazm – 4,5 ming tonna
- Toshkent sh. – 3,7 ming tonna






