AsosiyJamiyat

Namanganda kursdoshini himoya qilmoqchi bo`lgan o`smir jinoyat sodir etdi. Endi u 5 yilga qamalishi mumkin

'Namanganda kursdoshini himoya qilmoqchi bo`lgan o`smir jinoyat sodir etdi. Endi u 5 yilga qamalishi mumkin'ning rasmi

2021 yilning 23 fevral kuni soat 19:30 larda voyaga etmagan 17 yoshli Asrorbek X. Namangan shahri «Obi Hayot» MFYda joylashgan “Kichkintoylar bog`i” oldidan o`tib ketayotgan vaqtida, u erda kursdoshi voyaga etmagan 17 yoshli Jasurbek T.ni tanishi 19 yoshli Anvar N. qo`li bilan urganligini ko`rib, “sen nega meni liseydoshimni urding” deb Anvar N.ni yuziga mushti bilan urib jarohat etkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.  

Natijada Anvar N. zarb kuchidan boshi bilan erga yiqilib hushidan ketgan va bosh miya og`ir darajadagi lat eyishi, qon quyilishi, ensa suyagi, burun suyagi sinishi kabi jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.   

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Asrorbek X. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1- qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

    Boshqa yangiliklar