Joriy yilning 20 fevralidan Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Sog`liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, sanitariya-epidemiologiya me`yorlari va qoidalari talablariga qat`iy muvofiq ravishda O`zbekiston Respublikasi hududida xalqaro ko`rgazma va yarmarkalar o`tkazishga ruxsat etildi.
Bu haqda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.
Xalqaro ko`rgazma va yarmarkalarni tashkil etish doirasida quyidagi talablar belgilangan:
- tashkilotchi Respublika hududida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini shartnoma asosida jalb qilgan holda tashkil etilayotgan tadbirlarning barcha bosqichlarida epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazoratni ta`minlashi shart;
▫️barcha tadbir ishtirokchilaridan himoya niqobi yoki respirator taqishlari talab qilinadi;
▫️ tadbirga kirishda barcha ishtirokchilar pirometrlar yordamida haroratni o`lchash jarayonidan o`tishi talab etiladi, yuqori harorat yoki yuqumli kasalliklar belgilari bo`lgan shaxslarga tadbirda qatnashishga ruxsat berilmaydi;
▫️Ekspozisiyalar orasidagi masofa kengligi kamida 3 metr bo`lishi kerak;
▫️ tadbir o`tkazish joylarida shamollatish tizimlari kirayotgan havoning chiqayotganidan ustunligini ta`minlashi kerak.






