AsosiyJamiyat

Chustlik o`quvchi birdaniga 7 ta oliygoh talabasi bo`lish huquqini qo`lga kiritdi

'Chustlik o`quvchi birdaniga 7 ta oliygoh talabasi bo`lish huquqini qo`lga kiritdi'ning rasmi

Chust tumanidagi 49-IDUMning 11-sinf bitiruvchisi Doniyor Shukurjonov birdaniga  7 ta —  Saint Xavier University, University of Maine, New England College,  Mitchell College,  American International College,  Millikin University,  Webster University oliygohlari talabasi bo`lish imkoniyatini qo`lga kiritdi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, MUN global muammolar to`g`risidagi onlayn konfrensiyasida o`z taqdimoti bilan ishtirok etib, kontrakt to`lovi uchun 1000 evro sohibi bo`ldi. Qolaversa, Flex — Language Exchange Programning final bosqichi natijalarini kutmoqda. 

    Boshqa yangiliklar