AsosiyJamiyat

Toshkentda qandolat sexida ishlayotgan voyaga etmagan bolaning qo`li dastgohga kirib ketdi

'Toshkentda qandolat sexida ishlayotgan voyaga etmagan bolaning qo`li dastgohga kirib ketdi'ning rasmi

2021 yilning 15 yanvar kuni soat taxminan 22:00 da Toshkent shahar Olmazor tumani Usta Shirin ko`chasida joylashgan qandolat ishlab chiqarish sexida yollanma ishchi bo`lib ishlovchi voyaga etmagan 16 yoshli Baxtishod D.,ga o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan vaqtida qandolat mahsulotlarini bo`laklarga bo`lish uchun mo`ljallangan dastgohga qo`li kirib ketishi natijasida “o`rtacha og`ir” tan jarohati olgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu qandolat ishlab chiqarish sexida ish beruvchi 55 yoshli Xayrulla R., voyaga etmagan Baxtishod D. bilan mehnatni muhofaza qilish bo`yicha yo`riqnoma o`tkazmaganligi hamda bilim saviyasini tekshirish ishlarini tashkil etmaganligi, texnik xavfsizlik qoidalarini tushuntirmaganligi  aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi surishtiruvchisi Sh.Z.Sa`dullaev tomonidan Xayrulla R.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 1-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar