Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar oyida sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 139 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.
2021 yilning 1 fevral holatiga ko`ra, ushbu sohada jami faoliyat ko`rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 9 262 tani tashkil etmoqda.
2021 yil yanvar oyida sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko`p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo`lgan hududlar:
- Toshkent shahri – 28 ta
- Andijon viloyati – 11 ta
- Farg`ona viloyati – 17 ta
- Toshkent viloyati – 14 ta






