24 fevral kuni soat 10:30 larda, Namangan shahar Mexribonlik MFY 1-o`tish yo`li Ixlos ko`chasida M-412 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, shu ko`chadan oqib o`tgan “Yangi ariq” arig`iga ag`darilib ketgan, deya xabar qildi Namangan viloyati IIB.
Natijada, avtomashinada bo`lgan mahalladoshi, 1962 yilda tug`ilgan yo`lovchi tan jaroxati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






