AsosiyJamiyat

Iste`molchilar tabiiy gaz ta`minotidan nima uchun uzib qo`yildi? Rasmiylar vaziyatga munosabat bildirdi

'Iste`molchilar tabiiy gaz ta`minotidan nima uchun uzib qo`yildi? Rasmiylar vaziyatga munosabat bildirdi'ning rasmi

23-24 fevral kunlari ijtimoiy tarmoqlarda iste`molchilarning tabiiy gaz ta`minotidan uzilib qo`yilganligi hamda elektron gaz hisoblagich o`rnatilgan xonadonlarda gazning avtomatik tarzda o`chib qolishi va to`lov mavjud bo`lganiga qaramay tarmoqqa qayta ulanish muammolari  ko`plab keskin muhokamalarga sabab bo`ldi. Aholi gaz ta`minoti idoralarida erta tongdan kechgacha navbatda tursa ham muammosi hal bo`lmay qolgani  uchun bunday e`tiroz bildirishga majbur bo`lgan.

Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi vaziyatga rasmiy munosabat bildirdi.

Agentlik o`z vakolati doirasida iste`molchilarning (nomuayyan doirasi) huquqlarini himoya qilish maqsadida, Toshkent viloyatining Toshkent  va Yangiyo`l tumanlaridagi vaziyatni joyiga chiqqan holda o`rganib, muammolarni barataraf qilish yuzasidan bir qator tezkor tadbirlarni amalga oshirdi.

Muammo sabablarini o`rgangan holda, Agentlikning Toshkent viloyati hududiy tuzilmasi tomonidan “Hududgaz Toshkent” gaz ta`minoti filialiga tabiiy gazni etkazib berishda iste`molchilarning ortiqcha ovoragarchiligiga sabab bo`luvchi omillarni tezkor ravishda bartaraf qilish to`g`risida so`rov xati yuborildi va shu kunning o`zida 150 nafarga yaqin iste`molchilarni gaz ta`minotiga qayta ulanishiga amaliy yordam ko`rsatildi.

Bundan tashqari, Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi o`rnatilgan elektron gaz hisoblagichlarning avtomatik tarzda o`chib qolishi bo`yicha murojaatlarni o`rganish doirasida elektron gaz hisoblagichlarni o`rnatish jarayonida dalolatnomalar noto`g`ri rasmiylashtirilgani va mazkur dalolatnoma asosida “CSV” bazasiga ma`lumotlar noto`g`ri kiritilganini aniqladi.

Buning oqibatida bir nechta xonadondagi hisoblagichlar bo`yicha seriya raqami  bazaga bir xil kiritilgan bo`lib,  bu holat bitta qarzdor abonent bilan bir qatorda, boshqa haqdor abonentlarning ham tarmoqdan o`chirilishiga olib kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar