AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida avtobuslar qatnovi tiklanadi

'O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida avtobuslar qatnovi tiklanadi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Transport vaziri – “Uzbekistan airways”  AJ boshqaruv raisi Ilxom Mahkamov Qozog`iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantrish vaziri Beybut Atamkulov bilan telefon orqali muloqot o`tkazdi.

Suhbat davomida transport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbolari muhokama qilindi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi Axborot xizmati. 

 Xususan, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasida yo`lovchi avtobuslari qatnovlarini tezroq tiklash muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, ikki mamlakat o`rtasida muntazam aviaparvozlar sonini oshirish, yangi qatnov yo`nalishlarini ochish masalalari muhokama etildi. 

Telefon orqali muloqotda transport sohasida O`zbekiston-Qozog`iston hamkorligining boshqa masalalari ham muhokama qilindi. 
 


 

 

    Boshqa yangiliklar