AsosiyDunyo

Rossiyada chet el fuqarolari ishtirokidagi jinoyatlar soni ko`paygan

'Rossiyada chet el fuqarolari ishtirokidagi jinoyatlar soni ko`paygan'ning rasmi

Rossiya Federasiyasida 2021 yilning yanvar oyi davomida jami 148,7 ming jinoyat sodir etilgan bo`lib, shundan 3299 tasi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan.

Rossiya Federasiyasi IIV tomonidan e`lon qilingan jinoyatchilik holati to`g`risidagi statistikada qayd etilishicha, mamlakat hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 6,1 foizga oshgan. Jinoyatlarning 2634 tasi MDHga a`zo davlatlar fuqarolari hissasiga to`g`ri keladi (bu ko`rsatkich 6,8 foizga kamaygan).

Shuningdek, yanvar oyida 1440 ta holatda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar jabrlangan bo`lib, bu ko`rsatkich o`tgan yilning shu davriga nisbatan 18,4 foizga oshgan.

Boshqa yangiliklar