2020 yilda sog`ligi bo`yicha muddatli harbiy xizmatdan qaytarilganlar soni ikki barobarga kamaydi. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida Mudofaa vazirligi mutasaddilari ma`lum qildi:
«Yoshlarni muddatli harbiy xizmatga saralab olish, harbiy komandalarga tayinlash tadbirlari Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Chegara qo`shinlari vakillaridan iborat Butlash komissiyalari hamda Rahbariyat kengashlari, shuningdek tibbiy ko`rikdan o`tkazish ishlari Qurolli Kuchlar tizimida ilk bor harbiy gospital harbiy shifokorlari tomonidan o`tkazilmoqda.
Harbiy-tibbiy komissiyaning joriy etilishi natijasida 2020 yilda harbiy qismlarga muddatli harbiy xizmatga yuborilgan muddatli harbiy xizmatchilar orasidan sog`ligi bo`yicha harbiy xizmatdan qaytarilganlar soni ikki barobarga kamaydi. (2019 yil chaqiruvida qaytarilganlar soni 94 nafar bo`lsa, 2020 yilda 41 nafarni tashkil qildi)».