AsosiyDunyo

Turkiyada 1 martdan koronavirusga qarshi kurashish choralari yana kuchaytiriladi

'Turkiyada 1 martdan koronavirusga qarshi kurashish choralari yana kuchaytiriladi'ning rasmi

Sal avval Turkiyada koronavirusga nisbatan cheklov choralari mart oyidan boshlab, epidemiologik vaziyatga qarab, bosqichma-bosqich yumshatilishi haqida xabar bergan edik. Ammo, mamlakatning ba’zi viloyatlarda kasallanganlar soninig ortganini inobatga olib, qat’iy choralar va cheklovlar yana kuchaytirilganini Turkiya hukumati ma’lum qildi. Mamlakat hududida joriy yilning 1 martidan e’tiboran,bosqichma bosqich koronavirus kasalligiga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish maqsadida joriy etilgan karantin choralarini qisqartirish haqada xabarlar tarqaldi.

Muğla/Bodrum viloyatida kasallanish holati ortgani tufayli dengiz sohillari va dam olish oromgohlarida sayir qilish vaktincha cheklandi.

Karabuk viloyatida ham talablar kuchaytirildi. Jumladan, kinoteatrlar faoliyatiga qo`yilgan cheklovlar 1 aprelga qadar uzaytirildi.

Bunday cheklovlarni Sakarya viloyatida ham ko`rish mumkin. Yangi oydan boshlab mazkur viloyatda xattoki, sovchilikka borish, nikohni ro`yxatdan o`tkazish ishlari 15 kunga to`xtatilgan. Kinoteatrlar, sport saroylari faoliyati 1 aprelgacha yopilgan.

Osmoniya viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni ortgani bois, kasallikka chalingan shaxslar 7 kun davomida o`z uyida karantinga olinishi ko`zda tutilgan.

Bunday cheklovlar mamlakatning Rize viloyatida ham joriy etilgan bo`lib, dafn marosimlariga 30 kishidan ortiq insonlarning kelishi takiklandi. Savdo do`konlari, jamoat transporti,sartaroshxonalar, ularga tashrif buyuradigan mijozlarning HES ( Hayot uyga sig`ar) kodlari doimiy  nazoratga olinadi. Boshqa ish joylarida qat`iy sanitariya talablariga amal qilish, guruh bo`lib ovqatlanish, choyxo`rlik qilish,zarurat bo`lmaganda qarindoshlarning bordi-keldilarini cheklash uqtirib o`tilgan.

 Bunday cheklovlar Tokat viloyatida ham tadbiq etilmoqda.Ushbu viloyatda ham koronavirusga chalinganlar sonining ortgani kuzatilmoqda. Shuning uchun nikoh va to`y marosimlarini ro`yxatdan o`tkazish 10 kunga to`xtatildi. Sport saroylari va xayvon bozorlari faoliyati ham vaqtincha yopilgan.

 Edirna viloyatida esa vaqtincha ziyoratlar, harbiy xizmatga yuborish va kutub olish marosimlarini o`tkazishga cheklovlar qo`yilgan.

Vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgan viloyatlardan yana biri Balıkesirdir. Viloyat aholisiga karindoshlar ziyoratini vaqtincha cheklash, guruh bo`lib gazetxonlik qilmaslik, ko`cha kuyda ovqatlanmaslik talabi qo`yildi.

Xuddi shu kabi qat`iy talablar joriy etilgan hududlar orasida Ordu viloyati ham bor.

Bundan tashqari Turkiya hukumati tomonidan 23 fevraldan boshlab Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Daniya va Braziliyadan keladigan barcha aviareyslar noma`lum muddatga to`xtatilgan. Ammo Turkiyadan yuqorida qayd etilgan davlatlarga aviayo`lovchi tashishiga, shuningdek, uchunchi davlatga uchadigan yo`lovchilarni manziliga etkazishiga ruxsat berilgan.

 Shuningdek, 10 kun mobaynida Daniya va Buyuk Britaniyada bo`lib qaytgan shaxslar Turkiya Respublikasi hududidagi yashash manzillariga  karantinga yuboriladi. O`ninchi kuni takroriy test sinovlari o`tkaziladi, natijaga ko`ra choralar belgilanadi.

Gumanitar va barcha turdagi yuk tashuvchi aviareyslar mamlakatda joriy etiladigan cheklovlardan ozod qilingan.

    Boshqa yangiliklar