AsosiyJamiyat

Professional ta`lim muassasalari xodimlari uzluksiz malaka oshiradi

'Professional ta`lim muassasalari xodimlari uzluksiz malaka oshiradi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Professional ta`lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

 Unga ko`ra, barcha professional ta`lim muassasalarining boshqaruv va pedagog kadrlari “Hayot davomida ta`lim olish” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshiradi.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish o`quv rejasiga muvofiq, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi huzuridagi malaka oshirish instituti hamda uning hududiy fakultetlaridagi amaliyot tegishli tashkilotlarda o`tkazilishi mumkin.

Malaka oshirish quyidagi shakllarni o`z ichiga oladi:

  • mustaqil malaka oshirish;
  • muqobil malaka oshirish;
  • Institut yoki fakultetlarda bevosita o`qish.

    Boshqa yangiliklar