AsosiyJamiyat

Chilonzordagi kafelardan birida katta yong`in sodir bo`ldi

'Chilonzordagi kafelardan birida katta yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Chilonzor tumanida joylashgan “Shovotlandiya-1” MChJ kafesida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, voqea 2021 yilning 27 fevral kuni soat 03:51da Chilonzor tumani, “Sharq” MFY, Guliston ko`chasi 9A-uy manzilida joylashgan “Shovotlandiya-1” MChJ kafesida yong`in sodir bo`layotganligi haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 4 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilib, birinchi bo`linmalar chaqiruv manziliga soat 03:54 da etib borgan. Soat 04:11 da yong`in qurshab olinib, soat 04:37 da to`liq bartaraf etilgan.

Yong`in oqibatida kafening tom qismi hamda ichki jihozlari 150 kv.m. maydoni yonib jiddiy zararlangan. Achinarlisi yong`in oqibatida jabrlanganlar mavjud.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, IIBB rahbariyati, prokuratura, Sog`liqni saqlash va kommunal xizmatlar mutaxassislari, IIB tezkor-tergov guruhi hamda tegishli xizmatlarning kuch va vositalari jalb etilgan.  

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea yuzasidan vakolatli organlar tomonidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar