Qo`shma Shtatlar Qrimning Rossiyaga qo`shilishini hech qachon tan olmaydi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden.
Qo`shma Shtatlar Qrim yarim orolining Rossiya tomonidan "qo`shib olinishini" hech qachon tan olmaydi va "Rossiyaning tajovuzkor harakatlariga qarshi turish uchun" Ukrainani qo`llab quvvatlaydi. AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainada 26 fevralda nishonlanadigan Qrim va Sevastopolning ishg`ol qilinishiga qarshilik ko`rsatish kuni munosabati bilan ushbu fikrlarni bildirdi. Bu haqda Oq Uy (The White House) xabar qildi.
"Etti yil muqaddam, shu kuni Rossiya xalqaro huquqni, zamonaviy davlatlar bir-biri bilan o`zaro munosabatlar normalarini buzib, Qrimga bostirib kirganida qo`shni Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzdi", deyiladi Prezident bayonotda.
“Qo`shma Shtatlar Ukrainani, uning ittifoqdoshlari va sheriklarini ushbu mojaro boshlangandan beri qo`llab-quvvatlashda davom etmoqda. Ushbu yubileyda biz oddiy haqiqatni yana bir bor tasdiqlaymiz: Qrim - bu Ukraina, - dedi Bayden.
2014 yil 16 martda Qrimda referendum bo`lib o`tgan, rasmiy ma`lumotlarga ko`ra saylovchilarning deyarli 96 foizi Rossiyaga qo`shilish uchun ovoz bergan. 17 mart kuni Qirim parlamenti mustaqillik to`g`risida qaror qabul qildi va Qrimni sub`ekt sifatida Rossiyaga qabul qilish to`g`risida taklif kiritildi.
18 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim Respublikasini mustaqil davlat sifatida tan olish to`g`risidagi farmonni imzoladi. Shu kuni Rossiya va Qrim respublika va Sevastopol shahrining Rossiya Federasiyasiga kirishi to`g`risida bitim imzoladi.
27 mart kuni BMT Bosh assambleyasi Ukrainaning hududiy yaxlitligini tasdiqlovchi rezolyusiya qabul qilgan. Unda referendumning yuridik kuchi yo`qligi qayd etilgan.
2017 yil dekabrda BMT Bosh assambleyasi rezolyusiya qabul qilib, Rossiya tomonidan Qrim va Sevastopolning "vaqtincha bosib olinishini" qoraladi va "anneksiyani tan olmaslik"ni tasdiqlagan.






