Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo`limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo`yicha Buxoro shahar sudining 2010 yil 14 apreldagi sud buyrug`iga asosan qarzdor fuqaro M.Mdan undiruvchi fuqaro D.Dj foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandi moddiy taminoti uchun aliment undirish to`g`risida ijro hujjati kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari davomida qarzdor fuqaro M.Mga O`zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to`lash, shuningdek aliment to`lash majburiyatini ta`minlash bo`yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to`g`risida Nizom” talablari tushuntirildi.
Qonun mazmun-mohiyatini tushunib etgan qarzdor fuqaro M.M ijro hujjati bo`yicha aliment undiruvchi fuqaro D.Dj.ga farzandi 18 yoshga to`lgunga qadar 47,1 million so`m aliment pullarini to`lab berdi.
Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor fuqaro M.Mga belgilangan barcha cheklovlar bekor qilinib, aliment bilan bog`liq ijro hujjatlari amalda tamomlandi.






