Voyaga etmagan shaxs bilan qo`pol muomalada bo`lganligi aks etgan videotasvir bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi. Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan. Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tekshiruv davomida videoda aks etgan fuqarolarning shaxsi aniqlandi.
35 yoshli Shaxlo E. va 45 yoshli Zayniddin E. ajrashish yoqasidagi oila. Shaxlo E. muqaddam xotin-qizlar masalalari bo`yicha inspektorlarga murojaat qilgan va unga himoya orderi berilgan. Shuningdek, er-xotin o`zaro janjali jarayonida 9 yoshli voyaga etmagan farzandidan foydalanayotganligi aniqlangan. Video o`tgan yili suratga olingan bir nechta videotasvirlardan montaj qilingan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bola tahsil oladigan maktab o`qituvchilari bilan o`tkazilgan suhbat jarayonida, so`nggi vaqtlarda bola xulqidagi o`zgarishlar ularni tashvishga solayotganligini ma`lum qilishgan.
Bolaning ota-onasi bilan suhbat o`tkazildi. Bolaning o`zi bilan psixologlar ishlamoqda.






