AsosiyDunyo

Oxirgi sutka davomida dunyoda 420 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi

'Oxirgi sutka davomida dunyoda 420 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 113 million 076 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 512 mingdan ziyod kishi vafot etgan.  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 420 491 yangi holati aniqlandi, 10 939 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 113 million 784 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 525 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 28,102 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (11,079 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (10,390 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (4,234 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (4,163 milliondan ortiq).

 JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 73 351, Hindistonda 16 488, Braziliyada 65 9988, Rossiyada 11 534, Buyuk Britaniyada esa 8 523 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 

    Boshqa yangiliklar