Turkiya tomonidan SOVID-19ni aniqlovchi majburiy test sinovini o`tkazish talabi joriy yilning 26 mayiga qadar uzaytirildi.
Turkiya hukumati mazkur ma`lumotni Istanbul va Anqaraning parvoz xodimlari bo`lmish NOTAM A1101/21 uchun e`lon qildi.
Turkiyaga uchishdan oldin yo`lovchilar SOVID-19ni aniqlovchi maxsus testdan o`tadilar, hamda kasallik mavjud emasligini tasdiqlovchi ma`lumotnomaga ega bo`lishlari zarur. Test natijasi 72 soatdan oshmagan davrda haqiqiy hisoblanadi.
Test talablari 6 yosh va undan katta bo`lgan sayohatchilarga tegishli bo`lib, sinov natijalari to`g`risidagi guvohnomaga ega bo`lmagan shaxslar samolyotga qo`yilmaydi.






