Bekzodbek Islomov Buxoro tumanidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining 11-sinfida tahsil oladi.
Tengdoshlari orasida o`ziga xos iqtidori, intiluvchanligi va zukkoligi bilan ajralib turuvchi bu tirishqoq o`quvchi maktabning faxri sanaladi.
O`z oldiga yuksak maqsadlarni qo`ygan holda astoydil o`qib-izlanayotgan Bekzodbek kelajak uchun dastlabki muvaffaqiyatli qadamini qo`ydi.
Tirishqoqligi, izlanuvchanligi tufayli u maktab partasidayoq MANAGEMENT DEVELOPMENT INSTITUTE OF SINGAPORE in TASHKENT oliygohiga o`qishga qabul qilindi.






