AsosiyJamiyat

Chiroqchida Amir Temurning qarovsiz haykali bor

'Chiroqchida Amir Temurning qarovsiz haykali bor'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanining Tarag`ay qishlog`ida buyuk bobokalonimiz Amir Temurning qarovsiz haykali bor, deb yozadi "Nasafnews" muxbiri.

Ma`lum bo`lishicha, yillar davomida e`tiborsiz qoldirilgan bu haykallar mahalliy aholi tomonidan qisman ta`mirlangan. Ta`mirlash o`z ishining ustalari tomonidan olib borilmagani tufayli haykallar "qo`rqinchli" holga keltirilgan.

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev mazkur hududda bo`ldi. Hokim va mas`ullarni haykallar va qadimiy yodgorlikning bugungi holati hayratlantirdi.

"Biz Madaniyat vazirligiga xat bilan chiqamiz. Bu holatga befarq qarab bo`lmaydi. Bu baland tog`larga mos haykal kerak", - dedi Zoyir Mirzaev.

 

    Boshqa yangiliklar